Atirgullar bilan, yo'llarim kutib
Kutganlarimizning kutganlari bor
Uzoqdan termulib, hatto rashk qilib
Sevganlarimizning sevganlari bor
Sevmagin degandi, qanchadan qancha
Nima ham qilardim yuragim parcha
Devonalarchami yo telbalarcha
Sevganlarimizning sevganlari bor
Sevganlari bor
Sevganlari bor
Taqdir ham kulganday, qildimi o'yin?
Sevgijon sinoving, bunchalar qiyin
Yondirib, kuydirib, qaraydi mayin
Sevganlarimizning sevganlari bor
Yaratgan ko'nglimga, ishqini solgan
Erkaligi bilan, hayolim olgan
Bir boshimga mingta savdolar solgan
Sevganlarimizning sevganlari bor
Sevganlari bor
Sevganlari bor
Sevganlari bor
Sevganlari bor